Orqaga
Bolalarda sanchiqlar necha yoshgacha bo‘ladi?
Aprel, 2022
178 marta ko‘rib chiqilgan
Quyidagilar bilan ulashing:
sanchiqlar
emizuvchi onalarga

Keskin yig‘lash, bukilish yoki oyoqlarini bukib olish, yuzdagi g‘amginlik – sanchiqlar belgilari bo‘lib, u bolani deyarli har kecha bezovta qilishi mumkin, uzoq davom etmaydi. Biroq, sanchiqsiz kunlar qachon keladi? Bu necha yoshgacha davom etadi?

Siz xotirjam, bolaning chinqiriqsiz va sanchiqdan azoblangan yig‘ilarisiz ketma-ket bir necha kechani aniq sezasiz. Chunki bu chaqaloqni qorinchasidagi og‘riqli spazmalar boshqa bezovta qilmayotganligining dastlabki belgilari hisoblanadi.

Mutaxassislar va tajribali ota-onalar fikricha, bunday davr bola hayotining taxminan 3-4-oylarida yuz beradi. Aynan bu vaqtgacha murg‘ak bolaning me’da-ichak yo‘li a’zolari faoliyati rivojlanadi va kerakli darajada etiladi, uning nerv tizimi esa barqarorlashadi va ona qornidan tashqaridagi hayotga moslashgan bo‘ladi, tashqi shovqinlar va tovushlarni xotirjam qabul qiladi.

Chaqaloqni sanchiqlar boshqa bezovta qilmaydi, chunki uning ichaklari mustahkamlanadi va ko‘krak suti tarkibiga yoki moslashgan sut aralashmasi tarkibiga kiradigan fermentlarni me’yoriy hazm qilishni boshlaydi. Shu bilan birga, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ko‘pincha allergik reaksiyalar sababiga aylanadigan laktaza chaqaloq organizm tomonidan me’yoriy qabul qilina boshlaydi.

Onaning o‘zi ham bu vaqtga kelib o‘zining yangi roliga to‘liq kirishganligini, yangi vazifalar va rejimga o‘tganligini, uning o‘zini his qilishi yaxshilanishini, u yanada xotirjam va o‘ziga ishonchi ortganligini ham unutmaslik kerak. Darvoqe, agar ona oziq-ovqati mahsulotlaridan biron-biriga chaqaloq sanchiqlar bilan reaksiya bildirganligi to‘satdan ma’lum bo‘lsa, buni albatta qayd etish va kelgusida qo‘shimcha ovqatlantirish vaqtida bola qorinchasining reaksiyasi kuzatilgan holda ushbu mahsulotlarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak.

Vaqtidan ilgari tug‘ilgan chaqaloqlar uchun sanchiq tugash davri biroz farq qiladi. Ularning nerv tizimi va me’da-ichak yo‘li faoliyati 5-6 oylarga borib yo‘lga qo‘yiladi. Shu tufayli bunday bolalarda ushbu vaqtda sanchiq yakunlanishini kutish kerak emas.

Bolalarda sanchiq tugash muddatlari – o‘rtacha qilib olingan, chunki barcha bolalar har xil va tegishli ravishda, ularning o‘sishi, rivojlanishi va hayotga moslashishi turlicha bo‘ladi. Ayrim bolalarda sanchiqlar yarim yilgacha va hatto bir yilgacha davom etishi mumkin. Bunday holatlarda, albatta shifokor qabulida bo‘lish kerak, chunki bunday uzoq muddatli ichaklar mikroflorasi shakllanish davri va nerv tizimi moslashuvi chaqaloqda patologiya mavjudligidan dalolat berishi mumkin.

Agar chaqalog‘ingizda sanchiqlar bo‘lsa, uni qorinchadagi gaz pufakchalari va spazmalar bezovta qilsa, unga simetikonli Bobotik preparati yordam berishi mumkin. Ushbu preparat o‘zgarmagan shaklda chiqariladi, bolaning me’da-ichak yo‘lida so‘rilmaydi va og‘riq sababiga – yoqimsiz sezgilarni chaqirgan holda ichaklar devorlarini kengaytiradigan gaz pufakchalariga ta’sir etadi. Ushbu xususiyatlari tufayli preparat bolalarga tug‘ilganidan boshlab berilishi mumkin.

Materiallar asosida:

  • Приворотский В.Ф., Луппова Н.Е. «Младенческие кишечные колики: проблема и пути решения»
  • Корниенко Е. А., Вагеманс Н. В., Нетребенко О. К. Младенческие кишечные колики: современные представления о механизмах развития и новые возможности терапии. Вопр.совр. пед. 2010; 5 (33): 176–183.
  • https://bobotic.com.ua/ru/moms/ak-zrozumiti-so-koliki-projsli
  • По данным IQVIA в категории AO3A молекула симетикона
  • ЛСР-006455/09 от 13.08.2009 (http://grls.rosminzdrav.ru/Grls_View_v2.aspx?routingGuid=f255b1ad-3d53-40dd-85a9-b938667dd0d9)
  • В.Ф.Приворотский. Кишечные колики у детей раннего возраста: проблема и пути решения. Вопросы практической педиатрии 2017 т7 №5
Orqaga
Quyidagilar bilan ulashing:
Keyingi maqola