Orqaga
Chaqaloqlar sanchiqlari: ular bola uchun xavflimi?
Aprel, 2022
178 marta ko‘rib chiqilgan
Quyidagilar bilan ulashing:
sanchiqlar
emizuvchi onalarga

Kichkintoy uchun ichak sanchiqlari haqiqatan ham xavflimi va ichki organlarning ishida muammolar haqida signal beradimi? Keling, buni aniqlaylik.

Uch nafar onadan deyarli ikki nafari bolada ichaklar sanchiqlariga duch keladi. Chaqaloq sanchiqlari – ulg‘ayishning tabiiy jarayoni bo‘lib, dunyoda barcha bolalarning 70% gacha qismida o‘tib ketadi. O‘z mohiyati bo‘yicha sanchiqlar – yuqori gaz hosil bo‘lishi tufayli paydo bo‘ladigan ichaklarning funksional og‘riq spazmalaridan iborat. Ichaklarda gaz pufakchalari to‘planadi va ichak devorlariga bosim qilishni boshlaydi, bu og‘riq spazmalarini chaqiradi. SHu sababli ham bola yig‘lay boshlaydi.

Keskin yig‘lashdan tashqari sanchiqlar simptomlari

Odatda, sanchiqlar bola tug‘ilganidan so‘ng 3-haftadan boshlab bezovta qilishni boshlaydi. Ular unchalik yoqimli bo‘lmagan holat bilan boshlanadi: bungacha qorni to‘q va xotirjam chaqaloq kunduzi, ko‘proq esa kechki payt to‘satdan qattiq yig‘lay boshlaydi. Onaning tahlikaga tushmasligi qiyin, to‘g‘rimi? Biroq, aslida, agar yig‘i bilan birga kechadigan boshqa simptomlarni ham qayd etsak, xotirjam nafas olish va murg‘ak bola ahvolini engillatish uchun harakat qilishni boshlash mumkin.

Shunday qilib, agar chaqaloq yig'layotganda oyoqlarini burasa yoki qorniga tortsa, keskin burishsa, qorin shishib ketgan bo'lsa va bularning barchasi gazning chiqishi bilan birga bo'lsa, bu sanchiqlardir. Sanchiqlarning yana bir belgisi - o'tkir boshlanish va og'riqli spazmning bir xil keskin to'xtashi, buning natijasida chaqaloq birdan yig'lashni to'xtatadi. Odatda, chaqaloq gazlar chiqishi yoki ichak harakati paydo bo'lishi bilanoq, darhol tinchlanadi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sanchiqlar paydo bo‘lish sabablari

Samarali davolashni tanlashdan oldin, birinchi navbatda, sanchiqlar paydo bo‘lish sababini aniqlab olish kerak. Shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar qorinchasida og‘riqlar paydo bo‘lishiga olib keladigan bir necha faktorlarni sanab o‘tadilar.

Birinchi navbatda, bu me’da-ichak yo‘li a’zolari, shuningdek markaziy nerv-tizimi hali etilmaganligi. Chaqaloqda sanchiqlar paydo bo‘lishining boshqa tez-tez uchraydigan sabablari quyidagilardan iborat:

Ona oziq-ovqatidagi biron-bir mahsulotga chidamsizlik yoxud agar bola sun’iy ovqatlantirilsa, mos bo‘lmagan aralashma;
Yuqori meteorizm;
Gormonal o‘zgarishlar;
Haddan tashqari tez ovqatlantirish va bola me’dasiga havo tushishi;
Keragidan ortiqcha ovqatlantirish;
Chaqaloqning ona ahvoliga sezuvchanligi (ona haddan tashqari bezovta yoki asabiylashgan);
Onaning zararli odatlari (masalan, chekish yangi tug‘ilgan chaqaloqda sanchiq paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi).

Bolada sanchiqlar holatida davolash va profilaktik chora-tadbirlar

Chaqaloqlarda ichaklar sanchiqlarini samarali davolash uchun ushbu muammo nima bilan bog‘liqligini tushunish va uni bartaraf qilishga urinib ko‘rish kerak. Masalan, agar bola ko‘krakdan emizilsa, ona ovqatlanishiga bolada ichaklar shishini chaqiradigan xavfli mahsulotlar istisno qilingan holda tuzatish kiritish. Murg‘ak bola sun’iy ovqatlantiriladimi? Boshqa aralashma tanlash yuzasidan pediatr bilan maslahatlashish kerak.

Shuningdek, bolaning qanday ovqatlanishini kuzating. Tez ovqatlanish havoni yutishga sabab bo‘ladi, u me’dadan ichaklarga o‘tadi va og‘riqni chaqiradi. Ovqatlantirishdan so‘ng bolani ortiqcha havo chiqarib yuborilgungacha vertikal holatda ushlab turishga harakat qiling.

Yoqimli engil massaj va qorinchaga iliq grelkacha qo‘yish sanchiqlarni bartaraf qilishga yordam beradi. Shuningdek, ona murg‘ak bolani echintirishi va uni o‘z qorni ustiga yotqizib qo‘yishi mumkin. Bunday holat chaqaloq qorinchasini isitadi va uning mushaklarini bo‘shashtiradi, bu gazlar chiqarilishiga yordam beradi. Sanchiqdan xalos bo‘lishning yana bir varianti – murg‘ak bolani iliq suvda cho‘miltirishdan iborat.

Butun dunyoda e’tirof qilingan doimiy sanchiqlarni davolash va profilaktika qilishning yanada samarali usuli polimer dimetilsiloksanning dioksid kremniy bilan aralashmasidan iborat simetikon moddasi asosini tashkil etadigan preparatlar qo‘llanilishi hisoblanadi. Simetikon chaqaloq ichaklarida so‘rilmaydi, gaz chiqarish funksiyasini a’lo darajada bajaradi va nojo‘ya ta’sirlar qoldirmagan holda bola organizmidan o‘zgarmagan shaklda chiqariladi. Preparatning ta’sir etish mexanizmlari shunga asoslanganki, simetikon gaz pufakchalari devorlarini yupqalashtiradi, shu tufayli ular yoriladi va gazlar tabiiy yo‘l orqali chiqariladi, bunda paydo bo‘lgan suyuqlik esa ichaklar devorlari tomonidan singdirib olinadi. Eng muhimi, preparat ta’siri u ichaklarga tushganidan so‘ng aynan bir necha daqiqadan keyin boshlanadi, uning doimiy ravishda qo‘llanilishi esa bog‘liqlikni chaqirmaydi.

Hozirda Bobotik preparati yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun eng zamonaviy simetikonli preparat hisoblanadi. Bobotik preparati formulasi organizm tomonidan engil hazm qilinadi, foydalanishda qulay va qand moddasini saqlamaydi. Tomchilarni suv yoki ko‘krak suti bilan aralashtirish, aralashmaga qo‘shish yoki ko‘krakdan emizish vaqtida emchak uchiga tomizish mumkin. Chaqaloqda sanchiq xurujidan saqlanish uchun preparatning bor-yo‘g‘i 16 tomchisi etarli bo‘ladi.

Bolada sanchiq holatida qachon xavotirlanish kerak?

Odatda, chaqaloq sanchiqlari hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Biroq, ba’zan sanchiqlar organizmdagi buzilishlar to‘g‘risida “signal” beradi, bunday holatda darhol pediatrga davolashni buyurishi uchun murojaat qilish kerak. Agar sanchiqlar tana harorati oshishi, sersuv ich kelishi, tana vazni kuchsiz oshishi, toshmalar paydo bo‘lishi kabi xos bo‘lmagan simptomlar bilan birga kechadigan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing va qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘ting.

Materiallar asosida:

Orqaga
Quyidagilar bilan ulashing:
Keyingi maqola