Ultratovushli tekshiruv (UTT)ga tayyorgarlik

Bobotik preparati ultratovushli tekshiruvga tayyorgarlik oldidan qo‘llaniladi

Bobotik preparati ichaklarda gazlardan xalos bo‘lish orqali qorin bo‘shlig‘i a’zolari ko‘rinishini yaxshilashga yordam beradi.
Bobotik preparati – patsientni tashxislash tadqiqotlariga tayyorlash uchun yordamchi preparat.
Tekshiruvdan bir kun oldin va tekshiruv kunida Bobotik preparati tomchilari tadqiqotning tashxislash ahamiyatini oshiradi.
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ultratovushli tekshiruvi allaqachon kundalik tibbiy tekshiruvga aylangan. Terapevtdan jarrohgacha turli xil ixtisosli shifokorlar katta yoshdagi patsientlarga va bolalarga ushbu og‘riqsiz va zararsiz muolajani tavsiya etadilar. Ultratovushli tekshiruv yordamida jigar, o‘t pufagi, me’da ostidagi bez, taloq, ichaklar, buyraklar holati baholanadi. Shu tufayli ish kuni qismini Ultratovushli tekshiruv mutaxassisi qabuli uchun sarflab: “Yaxshi ko‘rinmayapti... ikkinchi marta kelishingizga to‘g‘ri keladi” so‘zlarini eshitish ikki baravar alamlidir.

Ultratovushli tekshiruvga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rish kerak:

1
1,5 - 2 kun oldin gaz hosil qiladigan mahsulotlarni istisno qilish
Tekshiruvgacha 1,5 - 2 kun oldin o‘z ratsionidan gaz hosil bo‘lishini kuchaytiradigan mahsulotlarni (xom sabzavotlar va mevalar, loviya, no‘xat, tuzlangan karam, sharbatlar, qora non, sut, shuningdek gazlangan ichimliklarni) istisno qilish kerak.
2
8-12 soat oldin hech narsa yemaslik va ichmaslik
Tekshiruvgacha 8-12 soat oldin hech narsa yemaslik va ichmaslik kerak. Chunki qorin bo‘shlig‘i ultratovushli tekshiruvi, odatda, ertalabki soatlarda o‘tkaziladi: kechki payt odam hech narsa yemaydi va unga tekshiruvdan so‘ng faqat kechroq nonushta qilish kifoya bo‘ladi. Agar ultratovushli tekshiruv kechki payt o‘tkazilsa, bundan oldin kun bo‘yi davomida och qolishiga to‘g‘ri keladi.
3
Bobotik preparatini qabul qilish
Bobotik preparati patsientni qorin bo‘shlig‘i a’zolarining rentgenologik va ultratovushli tekshiruvlari kabi ayrim tashxislash tadqiqotlariga tayyorlash uchun yordamchi preparat sifatida, shuningdek gastroskopiya va duodenoskopiyada qo‘llaniladi.
Bobotik preparatini qanday qabul qilish kerak?
Tekshiruvgacha 1 kun oldin
sutkada 2 marta (ertalab va kechki payt)
ko‘krak emadigan bolalar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar
10 tomchi
(25 mg simetikon)
3 yoshdan 6 yoshgacha:
16 tomchi
(40 mg simetikon)
6 yoshdan katta bo'lgan bolalar va kattalar
20 tomchi
(50 mg simetikon)
Ertalab, tekshiruv kuni, och qoringa, bitta dozani takrorlash kerak
Bobotik preparati: pufakchalarga qarshi kurashish
Bobotik preparati ichaklardagi gaz pufakchalarini gazdan ko‘pik va shilliqni suyuqlikka va erkin gazga aylantirgan holda parchalaydi, u ichaklarda so‘riladi yoki ichaklardan tabiiy yo‘l orqali chiqariladi.
Bobotik preparati yordamida tekshiruvga tayyorlanish mumkin, bu quyidagilar imkonini beradi:
Sifatli vizualizatsiyani ta’minlash, demak yanada aniq va to‘g‘ri tashxis va sifatli davolanishni ta’minlash
Takroriy tekshiruv o‘tkazish uchun vaqt, kuch va mablag‘lar yo‘qotilishidan saqlanish