Savol-javob

Yosh onalar sanchiqlarda nimalarni bilishlari kerak?

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nima uchun sanchiqlar paydo bo‘lishi yuzasidan hozirgacha yagona fikr yo‘q. Chaqaloq ichaklarida ortiqcha gaz hosil bo‘lishiga ko‘plab faktorlar sabab bo‘ladi, deb hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat:

  • me’da-ichak yo‘li etilmaganligi ;
  • markaziy nerv tizimi etilmaganligi;
  • noto‘g‘ri ovqatlantirish texnikasi;
  • oziq-ovqatga chidamsizlik;
  • ichaklarda ortiqcha gaz mahsuli (meteorizm);
  • anomal ichak bakterial florasi;
  • ichaklar peristaltikasi buzilishi;
  • tug‘ilgandan so‘ng gormonal o‘zgarishlar;
  • bola tomonidan ham, emizadigan ona tomonidan ham antibiotiklar qabul qilinishi;
  • ortiqcha ovqatlantirish;
  • bolaning tashqi ta’sir etuvchi vositalarga yuqori reaksiyasi (masalan, onaning yoki har ikki ota-onaning bezovtaligi yoki asabiylashishi). Shuningdek, chaqaloq sanchiqlari rivojlanishiga onaning umumiy sog‘lig‘i, masalan, unda tug‘ishdan keyingi depressiya yoki tez-tez migrenlar mavjudligi ham sabab bo‘lishi ma’lum.
Yo‘q, sanchiqlar – kasallik emas. Chaqaloq sanchiqlarini bemalol bola me’da-ichak yo‘li ishlashining funksional holati deb nomlash mumkin, bunda ichaklarda uning devorlariga bosim qiladigan pufaksimon shilliq to‘lanadi. Aynan shu tufayli ham bola qornida og‘riq paydo bo‘ladi.
Yo‘q. Sanchiqlar taxminan chaqaloqlarning 70 foizini bezovta qiladi. Ular, odatda, 3 haftalikdan 6 haftalikkacha yoshda, ba’zan esa oldinroq boshlanadi va 4 oylik yoshda mustaqil ravishda, biron-bir davolashni talab qilmagan holda o‘tib ketadi. Shuni ham yodda tutish kerakki, balaning yig‘isi har doim ham unda sanchiq borligi to‘g‘risida “signal” bermaydi. Chunki yig‘lash – chaqaloqning muloqot vositasi bo‘lib, u yig‘i yordamida o‘z ehtiyojlarini, shu jumladan ruhiy holatini ham bildiradi. Aks holda, murg‘ak bola kattalar e’tiborini jalb qilolmaydi.
Sanchiqlarda chaqaloq yig‘isi xurujsimon xususiyatli bo‘ladi. Ya’ni, bola to‘satdan, biron-bir alohida sababsiz, kuchli va davomiy yig‘lashni boshlaydi. Xuddi shunday u to‘satdan yig‘lashni to‘xtatadi. Odatda, bunday holat kechki payt yoki kunduzi yuz beradi. Bunda, chaqaloq oyoqlarini qimirlatadi, kuchanadi, uning yuzi qizaradi, qorinchasi shishgan ko‘rinadi. Buning barchasi gazlar chiqishi o‘ziga xos tovushlari bilan birga kechadi.
Chaqaloqlar sanchiqlari simptomlarining aniq ta’rifi yo‘q. Chaqaloqni sanchiqlar bezovta qilayotganligini pediatr o‘ziga xos “uchlik qoidasi” asosida aytishi mumkin. Bu biron-bir sababsiz xurujsimon yig‘lash epizodlari haftada 3 kun davomida sutkada 3 soatdan ko‘proq davom etgan va eng kamida 3 hafta davom etgan holatdan iborat. Biroq, sanchiqlarni tashxislash uchun yanada yangi tavsiyalarga asosan ushbu simptomlar bir hafta davomida kuzatilishining o‘zi etarli.
Davolashni talab qiladigan kasallik belgilari emas, balki aynan sanchiqlardan dalolat beradigan bir necha asosiy belgilar mavjud. Agar bola, doimiy kunduzgi yoki kechki yig‘lashga qaramay, tana vazni yaxshi o‘sayotgan va bo‘yi cho‘zilayotgan bo‘lsa, ishtahasi yaxshi bo‘lsa, kun davomida faol bo‘lsa va uni toshmalar, tana harorati oshishi, me’da buzilishi shaklida boshqa xavotirli simptomlar bezovta qilmayotgan bo‘lsa, demak u sog‘lom. Biroq, agar Sizni bola xatti-harakatida baribir nimadir xavotirga solayotgan bo‘lsa, albatta pediatrga murojaat qiling.
Emizadigan ona taomlari xilma-xil va ratsional bo‘lishi kerakligi hozirda isbotlangan fakt. Agar ona sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qilsa, bu uning bolasida sanchiq paydo bo‘lishi sababiga aylanishi ehtimoli kam.
Emizadigan ona og‘ir yog‘li taom va ichaklar shishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar (oqboshli karam, loviya, no‘xat, uzum, mayiz, qora non, qo‘ziqorin, shokolad, qaymog‘i olinmagan sut), o‘tkir ziralar va gazlangan ichimliklar, marinadlar va haddan tashqari tuzlangan egulikdan saqlanishi kerak.
Noto‘g‘ri ko’krak berish chaqaloqlarda sanchiqlar paydo bo‘lishining tez-tez uchraydigan sabablaridan biri hisoblanadi. Emizish vaqtida chaqaloq tomonidan havoning yutib yuborilishi haddan tashqari shoshilib emayotganida va onaning emchak uchini etarlicha zich qamrab olmagan holatda yuz beradi. Havo me’daga tushib, so‘ngra ichaklar tomon o‘tadi, bu erda og‘riq sezgilari paydo bo‘ladi. Bundan saqlanish uchun emizish texnikasiga e’tibor bering: chaqaloq lablari bilan ko'krak uchini zich qamrab olishi, xotirjam bo‘lishi va haddan tashqari tez ovqatlanmasligi kerak. Ovqatlantirish vaqtida chaqaloq tomonidan havo yutilishidan saqlanish imkoni bo‘lmagan holatda, uni 10-15 daqiqa davomida vertikal “tik” holatda kekirish paydo bo‘lgungacha ushlab turing. Bunda, elkasiga bo‘sh qo‘l bilan biroz urib qo‘yish mumkin.
Sanchiqlar chaqaloqlarni ko‘krakdan emizish vaqtida ham, sun’iy ovqatlantirish vaqtida ham bir xil darajada bezovta qiladi. Sun’iy ovqatlantirishdagi bolada, agar aralashmani tayyorlash qoidasiga amal qilinmasa (haddan tashqari suv bilan suyultirilgan yoki keragidan ortiq quyuqlashtirilgan) yoki aralashma noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, sanchiqlar bezovta qilishi mumkin. Murg‘ak bola aralashmani haddan tashqari tez ichib qo‘ymoqdami? Bu ham sanchiqning keng yoyilgan sababi. Bunday holatda, bola havo yutib yubormasligi uchun teshigi kichkinaroq so‘rg‘ich tanlanishi kerak.
Agar bir necha kun ketma-ket bola Sizni yig‘isi bilan bezovta qilmasa va uning kayfiyati yaxshi bo‘lsa, bu chaqaloq sanchiq davridan o‘tganligi va uning qorinchasidagi og‘riq spazmalari ortda qolganligi signali hisoblanadi. Bu yuz beradigan o‘rta yosh – 3 oy. Vaqtidan ilgari tug‘ilgan bolalarda sanchiqlar 5-6 oygacha bezovta qilishi mumkin va bu me’yoriy holat hisoblanadi.
Bobotik preparati tarkibiga kiradigan simetikon bolalar uchun xavfsiz hisoblanadi va emizikli davridan qo‘llanilishi mumkin. Eng muhimi – u me’da-ichak yo‘lida so‘rilmaydi va o‘zgarmagan shaklda chiqariladi. Ushbu xususiyati tufayli u deyarli nojo‘ya ta’sir etmaydi. Uzoq vaqt qo‘llanilgan holatda ham nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lmaganligi isbotlangan. Juda kam hollarda, har qanday dori preparati qo‘llanilganidagi kabi preparatning tarkibiy moddalariga shaxsiy sezuvchanlik paydo bo‘lishi mumkin.
Bobotik preparati – 10 yildan ko‘proq davr qo‘llanish tajribasiga ega, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan Evropadagi ota-onalar tomonidan ishonch bildirilgan brend hisoblanadi.

Bobotik preparatining afzalliklari:

  • Emizikli davridan boshlab bolalar uchun xavfsiz;
  • Sanchiq sababiga ta’sir etadi, ichaklarda so’rilmaydi;
  • Uzoq vaqt qabul qilish mumkin, chunki dori preparati odatlanishini chaqirmaydi;
  • Ishlab chiqarish shakli foydalanish uchun qulay.