Tibbiyotda qo'llanilishga doir yo'riqnoma
1 ml emulsiya quydagini saqlaidi: faol modda: simetikon (kremniy ikki oxydi bilan silicon faollashtirilgan dimethicone) 66,66 mg/ml; yordamchi moddalar: natriy saxarinati, metil paragidroksibenzoati, propil paragidroksibenzoati, natriy karmelloza, limon kislotasi monogidrati, malina hushbo'yi, tozalangan suv.
Ichga qabul qilish tomchilar
оqish yoki och kremsimon rangli, nordon-shirin ta'mli, meva hidli quyuq, tiniq bo'lmagan suyuqlik
Ichakni funktsional buzilishlarida qo'llanadigan preparatlar
A03AX13
Farmakodinamikasi
Yel haydovchi vosita. Simetikon (faollashtirilgan dimetikon) - bu trimetilsiloksil guruhlari tomonidan kremniy dioksidi bilan barqarorlashtirilgan, metillangan to'g'ri chiziqli siloksan polimerlarining majmuasidir. Fazalar bo'linishi chegarasida sirt tarangligini pasaytirib, ozuqa osilmasida va me'da ichak yo'llari (MIY)ning shillig'ida gaz pufakchalarini hosil bo'lishini qiyinlashtiradi va ularni parchalanishiga yordam beradi. Bunda ajralib chiqayotgan gazlar ichak devorlari tomonidan yutilishi yoki peristaltika tufayli chiqarilishi mumkin. Bu og'riqli dam bo'lishlarni chiqaruvchi katta gazli-shilliqli konglomeratlarning hosil bo'lishini oldini oladi; kontrast plyonkani parchalanishiga to'sqinlik qilib, yo'g'on ichakning shilliq qavatini kontrast preparatlar bilan yaxshi yopilishiga yordam beradi. Farmakokinetikasi Simetikon peroral yuborilganidan keyin MIYdan so'rilmaydi va ahlat bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Kimyoviy inertligi tufayli MIYdagi mikroorganizmlar va fermentlarga ta'sir ko'rsatmaydi. Ovqatning so'rilishini kamaytirmaydi, me'da shirasining reaktsiyasi va hajmini o'zgartirmaydi.
  • MIYda kuchli gaz hosil bo'lishi va gazlarni to'planishi (og'riqli sanchiqlar, qorin bo'shlig'ida to'lib ketishi hissi, aerofagiya, dispepsiya, meteorizm, shu jumladan operatsiyadan keyingi davrdagi, Remgeld sindromi)
  • Qorin bo'shlig'I va kichik chanoq a'zolarining diagnostik tekshiruvlarga tayorlash (rentgenografiya, sonografiya, gastroskopiya va duodenoskopiya - ko'pik hosil bo'lishini oldini olish)
  • Ikkiyoqlama kontrast tasvirini olish uchun kontrast vositalarining suspenziyasiga qo'shimcha sifatida
  • Yuvuvchi vositalar bilan o'tkir zaharlanishlarda ko'pikni so'ndiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi"
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi Iste'mol qilishdan oldin bir xil emulsiya olingunicha chayqatish kerak. Preparatning dozasini aniq o'lchash uchun, tomchilash vaqtida flakonni vertikal ushlash kerak. MIY sohasida kuchli gaz hosil bo'lishi va gazkarni to'planishi: Bobotik odatda kuniga uch marta ovqatdan keyin va uyqudan oldin qo'llanadi:
  • emizikli bolalar va 3 yoshgacha bo'lgan bolalar 8 tomchidan (20 mg simetikon) sutkada 4 marta
  • 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar 14 tomchidan (35 mg simetikon) sutkada 4 marta
  • 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 4 marta.

Preparatni qulayroq qo'llash uchun, xususan kichik bolalarda, uni qaynatib sovutilgan suv, bolalar ozuqasi, yoki gazlanmagan suyuqlikning oz miqdori bilan oldindan aralashtirish mumkin. Davolash lohaslik yo'qolgunicha davom ettiriladi. Agar kerak bo'lsa, Bobotikni uzoqroq vaqt davomida ishlatish mumkin. Diagnostik muolajalarga tayorlash: MIYning rentgenografik tadqiqoti. Tadqiqotdan bir kun oldin ertalab va kechqurun quyidagi dozani qabul qilish kerak:
  • emizikli bolalar va 3 yoshgacha bo'lgan bolalar 10 tomchidan (25 mg simetikon) sutkada 2 marta
  • 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 2 marta
  • 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar 20 tomchidan (50 mg simetikon) sutkada 2 marta.

MIYni sonografik tadqiqoti:
Tadqiqotdan bir kun oldin ertalab va kechqurun (yoshga qarab) rentgenografik tadqiqotga tayorlashdagi kabi preparatning xuddi shunday miqdorini qabul qilish kerak. Tadqiqot boshlanishidan uch soat oldin dozani takrorlash kerak.
Nojo'ya samaralari to'g'risida xabarlar yo'q.
  • simetikonga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqoti sezuvchanlik
  • ichakning o'tkazmasligi
  • MIYning obstruktiv kasalliklarida qo'llash mumkin emas
Ayrim xabarlardan ma'lum bo'lishicha, simetikon peroral antikoagulyantlarning so'rilishini buzilishini chaqirishi mumkin. Preparatni qabul qilish ayrim diagnostik testlar, masalan gvayak qatronini ishlatilishi bilan o'tkaziluvchi testning natijalarini o'zgartirish mumkin, ammo, tezkor ureaz mesh natijalariga ta'sir qilmaydi (Helicobacter pylori diagnostikasi). Simetikon levotiroksinni bog'lashi mumkin. Bemorlarda bir vaqtning o'zida tiroid kasalliklarini davolsh uchun Bobotik va levotiroksinni qabul qilishda levotiroksinning yemishi buziladi.
Bobotik qand saqlamaydi, qandli diabeti va ovqat hazm bo'lishini buzilishi bo'lgan bemorlarda qo'llash mumkin. Bobotikni qo'llash davrida gazlangan ichimliklarni ichish tavsiya qilinmaydi.
Preparat metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat saqlaydi, buning bilan bog'lik allergik reaktsiyalarga olib kelishi mumkin (kechikishli reaktsiyalar bo'lishi mumkin). Homiladorlik va laktatsiya davri Preparat homiladorlik vaqtida faqat agar ona uchun foyda, homila uchun xavfda yuqori bo'lganda buyurish kerak. Emizishda preparatni qo'llash bo'ycha ma'lumot yo'q. Transport vositalarini haydash va mexanik qurilmalarga xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ta'siri.
Ta'sir qilmaydi.
Preparat kimyoviy jihatdan inert va MIYda so'rilmaydi, hozirgi vaqtgacha Bobotikning dozasini oshirib yuborilishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
30 ml dan polietilen tiqin-tomchilagich va buraluvchi polietilen qopqoqli to'q shisha flakonlarda. Yorlig'I va tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan jihozlangan flakon individual karton qutilarga joylanadi.
Original o'ramda, 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
3 yil.
O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng qo'llanilmasin.
Retsepsiz
"Ximfarm" AJ.
Qozog'iston Respublikasi, 160019, Shymkent sh., Rashidov ko'ch., 81
Pharmaceutical Works POLPHARMA S.A. Medana Branch in Sieradz
Vladislav Loketka ko'ch. 10, 98-200 Seradz, Polsha
"Ximfarm" AJ O'zbekistondagi vakolatxonasi
100084 O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Qozitarnov ko'ch., 50 uy.
Tel: +99897 107 55 53
Elektron pochta manzili: info.uzbekistan@santo.uz